Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 4taga oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 4 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 26 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1869 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.
So‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.
21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, 23 aprel kuni 42, 24 aprel kuni 46, 25 aprel kuni esa 58 nafar kishida kasallik aniqlangan.
Bu kunlarda mos ravishda 96, 93, 111, 60 va 86 nafardan bemorlar tuzaldi.
Bugun esa hozircha 7ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 58 kishi sog‘aydi.
- Virus tarqalishni boshlagandan buyon 765 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi, 1096 kishi shifoxonada qolmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021