Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyojmand fuqarolar karantin vaqtida qanday qilib dorilarni bepul olishi mumkinligi aniqlashtirildi
1197 raqami ehtiyojmandlar uchun birlamchi ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat, shuningdek, bolalar ozuqasi va surunkali bemorlar uchun dori vositalari bo‘yicha murojaat qilishga mo‘ljallangan.
Foto: Shutterstock
AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, 1197 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, dori so‘rash mumkinligi yuzasidan savol berildi.
“1197 raqami ehtiyojmandlar uchun birlamchi ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat, shuningdek, bolalar ozuqasi va surunkali bemorlar uchun dori vositalari bo‘yicha murojaat qilishga mo‘ljallangan.
Faqat dorilarni yetkazib berish oziq-ovqat kabi tez tashkillashtirilmasligi mumkin, chunki u yashash joyidan poliklinika retsepti asosida beriladi.
Jarayon tezroq bo‘lishi uchun siz preparatning aniq nomini, dozasini va qabul qilish davomiyligini aytishingiz kerak, chunki telefonda shifokor yoki farmatsevt emas, volontyorlar javob qaytaradi”, - dedi Habibulla Oqilov.
Bundan oldin, koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan tashqarida ham aniqlanayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
10:46 / 14.03.2025