Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida xonadonlardan birining ichidan yarim metr uzunlikdagi ilon topildi
Toshkent shahridagi xonadonlardan birining ichidan taxminan yarim metr uzunlikdagi ilon borligi aniqlandi
2020 yil 27 aprel kuni soat 20:01da Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ 1-pillachi ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ilon borligi bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan.
FVV xabariga ko‘ra, zudlik bilan boshqarmaning maxsus qutqaruv otryadi xonadonga borib o‘rganilganda, haqiqatdan ham uyning ichida taxminan yarim metr uzunlikdagi ilon borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 10 daqiqa ichida ilon ushlangan va xonadon vakillarining xavfsizligi ta'minlangan.
Mavzuga oid
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
12:13 / 29.04.2025
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi
16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
11:37 / 22.04.2025