Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida kirishi masalasi bugun hal qilinishi kutilmoqda
Oliy Majlis qonunchilik palatasining ayni paytda davom etayotgan yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zoligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Kun.uz manbasiga ko‘ra, muhokamalar yakunida iqtisodiy ittifoqqa a'zolik masalasida parlament a'zolarining oxirgi ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Majlis tafsilotlarini O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘z telegram kanali orqali yoritib bormoqda. Deputatga ko‘ra, partiya O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib kirishiga ham qarshi.
«Partiya fraksiyasi ittifoqqa a'zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish kerak deb hisoblaydi», — deb yozadi u so‘nggi xabarini.
Alisher Qodirovga asoslanib xulosa qilinsa, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tgan so‘nggi saylovlarda partiyadan saylangan 35 nafar deputat bugun O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi a'zoligiga ham qarshi ovoz beradi. Bu esa parlamentda hozirdan 24 foiz ovoz degani.
Ma'lumot uchun, yakuniy ovoz berish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun kamida 50 foiz deputatning ovozi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024