Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi mehmonxonalarda pandemiyadan keyin “shvedcha stollar”dan voz kechiladi
Turkiyadagi mehmonxonalarda sayyohlik mavsumi boshlangandan keyin mehmonlarning qo‘shimcha epidemiologik xavfsizligini ta'minlash maqsadida “shvedcha stollar”dan voz kechiladi.
Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoyga tayanib Ahaber nashri xabar berdi.
Ersoyning ta'kidlashicha, agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmasa, mamlakatda may oxirida sayyohlik mavsumi boshlanadi. Hozircha ichki turizmga ruxsat beriladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli mehmonxonalar o‘z xavfsizlik standartlari va sanitar me'yorlariga o‘zgartirishlar kiritadi. Jumladan, “barchasi ichida” tizimidan “shvedcha stollar” olib tashlanadi va u kompleks taomnoma bilan almashtiriladi. Shuningdek, mehmonxonalar o‘z imkoniyatining 50 foizigagina ishlaydi.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Turkiyada restoranlar may oyining oxirgi haftasida ochilishi mumkin. Ular uchun ham yangi qoidalar joriy qilinadi. Jumladan, stollar orasidagi masofa kamida 2 metr bo‘lishi, tashrif buyuruvchilar soni esa restoran maksimal qabul qila oladigan mijozlarning 30 foizidan oshmasligi kerak.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025