Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1969taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 29 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1969 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.
27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. 28 aprel kuni esa 35 kishida virus aniqlandi, 100 kishi tuzaldi.
Virus tarqalishi boshlangandan buyon 1059 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi. 28 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021