Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusni yangi usulda davolashga o‘tildi
Rossiyada koronavirusni yuqori haroratlargacha qizdirilgan geliy-kislorod aralashmalari ingalyatsiyalari yordamida davolash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi.
Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘limi immunologiya va fiziologiya instituti rahbari Valeriy Chereshnev ma'lum qildi.
“Yangi usul Komi va Peterburgda shundoq statsionarda bemorlarda qo‘llanmoqda. U bilan davolashmoqda. Shifoxonalarda o‘pkani sun'iy shamollatish bilan bir qatorda geliy-kislorod aralashmalari usuli qo‘llanmoqda”, deb aytgan mutaxassis.
Avvalroq Chereshnev ingalyatsiyalar koronavirus kasalligi o‘tishini yengillashtirishda yordam berishini ta'kidlab o‘tgan. Geliyning borligi kislorodni alveolalargacha yetkazishda yordam beradi. Bundan tashqari, geliy aralashmani 100 daraja haroratgacha qizdirishga imkon beradi. Bunday haroratda viruslar o‘ladi. Oddiy havoda esa bunday haroratda kuyish jarohati olish mumkin.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025