Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi
Tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi.
2020 yilning 28 aprel kuni Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 10 aprel kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitidagi tashabbuslarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma'lumot va tajriba almashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tadbir ishtirokchilariga koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berdi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:10 / 11.11.2022
Foto: Samarqandda birinchi xonimlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi
15:40 / 11.11.2022