Jahon | 17:11 / 30.04.2020
5233
1 daqiqa o‘qiladi

Haftar Liviyada Ramazon oyi oxirigacha harbiy harakatlar to‘xtatilganini e'lon qildi

Bir hafta avval BMT, Yevroittifoq va qator davlatlar Ramazon oyida Liviyada o‘t ochish to‘xtatilishiga chaqirgandi.

Foto: REUTERS / Libyan National Army

Liviyalik general Xalifa Haftar muqaddas Ramazon oyi oxirigacha mamlakat poytaxti Tripoliga hujum to‘xtatilganini e'lon qildi.

"Barcha harbiy operatsiyalar to‘xtatiladi. Biz bu orqali jahon hamjamiyati va do‘st mamlakatlarning xohishlarini bajaramiz", - dedi Haftarning vakili Ahmad al-Mismariy.

U shu bilan birga, "agarda terrorchi tuzilmalar" sulhni buzadigan bo‘lsa, Haftar qo‘shinlari "zudlik bilan" javob qaytarishi haqida ogohlantirdi.

Bir hafta avval BMT, Yevroittifoq va qator davlatlar Ramazon oyida Liviyada o‘t ochish to‘xtatilishiga chaqirgandi.

27 aprel kuni Xalifa Haftar Liviyada hokimiyat armiyaga o‘tganini e'lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid