Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSSTning koronavirus bo‘yicha favqulodda komissiyasi vaziyatni baholash uchun yig‘ilish o‘tkazadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirus bo‘yicha favqulodda komissiyasi vaziyatni baholash uchun 30 aprelda yig‘ilish o‘tkazadi.
Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.
“Men ertaga qo‘mitani chaqirtiraman, chunki biz favqulodda vaziyatning eng yuqori darajasini e'lon qilganimizdan 3 oy o‘tdi. Qo‘mita pandemiya evolyutsiyasini baholash va yangi tavsiyalarni berish uchun 3 oydan keyin yig‘ilishni taklif qilgandi”, deb aytgan JSST bosh direktori.
Yuqumli kasalliklar sohasida faoliyat yurituvchi 15 mutaxassisdan iborat favqulodda qo‘mita avvalgi yig‘ilishini 30 yanvarda Jyenevada o‘tkazgandi. O‘shanda qo‘mita tavsiyasiga ko‘ra, JSST bosh direktori koronavirus avj olishini xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb e'lon qilgandi. Vaholanki, 22-23 yanvardagi yig‘ilishda bu qilinmagan.
Gebreyyesus qo‘mitaning avvalgi yig‘ilishidan keyin o‘tgan 3 oy ichida JSST tinmay ishlagani, koronavirus avj olishi bo‘yicha xavotir bildirgani va davlatlarga ko‘mak ko‘rsatganini ta'kidlab o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, pandemiyaga qarshi kurashga “minglab ekspertlar” jalb qilingan, JSST “dunyoni ogohlantirish uchun boshidanoq tez va qat'iy harakat qilgan”.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:31 / 16.04.2025