O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2020
1524
3 daqiqa o‘qiladi

Uch oyda kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 45,8 foizni tashkil etdi

2020 yilning yanvar – martida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 45,8 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kichik tadbirkorlik sub'yektlarining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi. 

2020 yilning yanvar – martida 23,3 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,4 foizga kam. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 9312 ta, sanoatda 4345 ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 2637 ta, qurilishda 1844 ta, yashash va ovqatlanishda 1724 ta, tashish va saqlashda 659 ta tashkil etilgan. 

2020 yilning yanvar – martida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar bo‘yicha eng ko‘pi Toshkent shahrida – 4460 ta, Samarqand viloyatida – 2293 ta, Toshkent viloyatida – 2244 ta, Andijon viloyatida – 1829 ta, Xorazm viloyatida – 1633 ta va Namangan viloyatida – 1626 tani tashkil etgan. Shuningdek, eng past ko‘rsatkich Jizzax viloyatida – 914 tani tashkil etgan. 

2020 yilning yanvar - mart oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko‘p ulush Toshkent shahri - 19,1 foiz, Samarqand viloyati - 9,8 foiz, Toshkent viloyati - 9,6 foiz, Andijon viloyati - 7,8 foiz, Xorazm viloyati - 7,0 foiz, Namangan viloyati - 7,0 foiz, Farg‘ona viloyati - 6,2 foiz, Surxondaryo viloyati - 5,5 foiz, Buxoro viloyati - 5,4 foizga tegishli. 

2020 yilning yanvar–martida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent shahrida 29,9 birlik, Navoiy viloyatida 19,0 birlik, Sirdaryo viloyatida 18,9 birlik. Jizzax viloyatida 16,4 birlik, Toshkent viloyatida 15,6 birlik, Buxoro viloyatlarida 15,3 birlik, Farg‘ona viloyatida 12,5 birlikni tashkil etgan. Surxondaryo viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib 8,8 birlikka to‘g‘ri keldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid