Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1200dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xorazm, Farg‘ona, Andijon va Samarqandda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari sog‘aygani haqida xabar berdi.
«Shu soatlarda bir yo‘la to‘rtta viloyatda: Xorazmda 14 nafar, Farg‘onada 12 nafar, Andijonda 3 nafar hamda Samarqandda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Endilikda Xorazmda shu vaqtgacha to‘liq sog‘ayganlar soni 135 nafarga yetdi. Shuningdek, Farg‘onada 73 nafar, Samarqandda 22 nafar, Andijonda 109 nafar sog‘aygan.
Bugun turli hududlarda jami 79 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1212 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2075taga yetgan, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 854 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021