Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2046taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 1 may kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2046 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bungacha 30 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2039 nafarni tashkil etayotgani ma'lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1133 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 904 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.
O‘zbekistonda qatorasiga 9 kun davomida koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘ldi, o‘ninchi kuni ikki holat tenglashdi - 30 aprel kuni yana 37 kishi sog‘aydi va 37 kishida virus aniqlandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021