Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2100ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 1 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2086 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun jami 47ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 79 bemor sog‘aydi.
Ayni vaqtgacha 1212 kishi kasallikdan sog‘aygan, bu O‘zbekistonda qayd etilgan bemorlarning 58 foizi deganidir. Yana 865 bemor shifoxonalarda qolmoqda.
Jizzax va Qashqadaryo virusdan xoli hududga aylangan, Buxoro va Andijonda ham bemorlarning ko‘p qismiga javob berilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021