Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobada suv omboridan suv chiqishi to‘xtadi
Sardobada suv chiqish hodisasi to‘xtadi, suv toshqini viloyatning boshqa hududlarida kuzatilmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardobadagi vaziyat haqida xabar berdi.
«Ayni vaqtda «Sardoba» suv omboridan suv chiqish hodisasi to‘xtaganligi haqida ma'lum qilindi. Sardobada sodir bo‘lgan suv toshqini viloyatning boshqa hududlarida kuzatilmagan.
Hukumat komissiyasi tomonidan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Sarosimaga tushishga asos yo‘qligini ma'lum qilamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
- Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 5:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Ushbu hodisadan asosan ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan.
- Hodisa oqibatida minglab kishilar qo‘shni hududlarga, jumladan, Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi.
- Bundan avvalroq toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
22:49 / 08.05.2025
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
21:25 / 08.05.2025