Fan-texnika | 00:29 / 01.05.2020
13767
2 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi yangi smartfonlarini taqdim qildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Pekinda o‘tgan global onlayn-taqdimot doirasida yangi mahsulotlari - Redmi Note liniyasidagi yangi smartfonlari - Redmi Note 9 va Redmi Note 9 Pro’ni hamda Mi Note 10 Lite’ni taqdim qildi.

Foto: Xiaomi

Ma'lum qilinishicha, Redmi Note 9 Pro ikkita variantda taqdim etilgan (6 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira hamda 6 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotira), Snapdragon 720G protsessori, 6,67 dyuymli displey va 64 Mpli asosiy orqa kvadrokamera hamda 16 Mpli old kamera bilan jihozlangan. 

Redmi Note 9 Pro
Foto: Xiaomi

Redmi Note 9 ham ikki variantda taqdim qilingan: 3 Gb+64 Gb va 4 Gb+128 Gb. Smartfon ekrani diagonali 6,53 dyuymni tashkil qiladi. MediaTek Helio G85 protsessori va 13 Mpli old kamera hamda 48 Mpli asosiy orqa kamera bilan jihozlangan.

Redmi Note 9
Foto: Xiaomi

Premial Mi Note 10 Lite’ga kelsak, u 6,47 dyuymli displey, Snapdragon 730G protsessori, 64 Mpli asosiy kvadrokamera va 16 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Smartfon tezkor va doimiy xotira sig‘imi bo‘yicha 3 variantga ega: 6Gb + 64Gb, 6Gb + 128Gb va 8Gb + 128Gb.

Mi Note 10 Lite
Foto: Xiaomi

Shuningdek, taqdimot davomida Xiaomi ekotizimining yangi elementi – “aqlli” ventilyator Mi Smart Standing Fan 1C ham namoyish qilingan.

Mavzuga oid