Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati budjetidan sardobaliklarga yordam uchun 5 milliard so‘m ajratildi
«Sardoba» suv omboridagi avariya oqibatida kelib chiqqan tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga yordam berish uchun Samarqand viloyat budjetidan 5 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilgan.
«Bugun, 2 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan sessiyada Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan tabiiy ofatdan talafot ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi», deyiladi xabarda.
Sessiyada Sardoba ahliga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasiga viloyat budjetining 2020 yil birinchi chorakdagi daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan 5 milliard so‘m pul ko‘chirish taklifi o‘rtaga tashlandi va bu taklif deputatlar tomonidan ma'qullandi.
«Sardobaliklar bizning birodarlarimiz. Ular yoz mavsumida aholimizni poliz mahsulotlari bilan ta'minlab kelishyapti. Og‘ir kunda yelkadosh bo‘lish xalqimizning noyob qadriyatlaridan biri. Bu ko‘makni allaqachon boshlab yuborgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali va boshqa shakllarda jabrlanganlarga ma'naviy madad berib turgan viloyatimiz aholisiga minnatdorchilik bildiraman», deb Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ma'lumot uchun, 1 may kuni Samarqanddan Sirdaryoga jami 100ta mashinada turli xil mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilgandi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025