Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 13 nafar bemor sog‘aydi
Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1242 nafarni tashkil etmoqda.
Poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 13 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatida. Ularning 6 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 7 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 380 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 393 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1242 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021