O‘zbekiston | 20:18 / 03.05.2020
9642
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxga evakuatsiya qilinganlarning 900 nafari uyga qaytdi

Sirdaryo viloyatidagi suv toshqinidan keyin Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga vaqtincha joylashtirilgan 900 nafarga yaqin kishi o‘z uylariga qaytarildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

«Do‘stlik tumaniga joylashtirilgan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona qishlog‘i hamda «Gulzor» mahallasidan 500 nafarga yaqin, Sardoba tumani «Otayurt» va «Birlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 372 nafar fuqaro bexatar bo‘lgani sababli Do‘stlik tuman IIB xodimlari kuzatuvida o‘z uylariga qaytarildi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid