Foto: Yevropa ko‘chaga chiqmoqda
Dushanba kuni 4 milliondan ortiq italiyalik ikki oylik tanaffusdan keyin ishga qaytdi. Ispaniyada ham odamlar ko‘chalarga chiqishdi. Yevropa davlatlari karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qila boshladi.
Yevropa hayotga qaytmoqda - yangi tartiblar bilan. Dushanba kunidan qit'aning barcha davlatlarida karantin choralari yumshatildi, aksar davlatlarda faqat ijtimoiy masofa saqlash tartibi saqlab qolingan.
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konti yakshanba kuni kechqurun mamlakatda epidemiyaga qarshi kurashning ikkinchi bosqichi boshlangani haqida e'lon qildi.
«To‘rt milliondan ortiq italyan ishga qaytdi va jamoat transportida harakatlana boshladi. Zararlanish xavfi ortdi, bizga faqat mas'uliyat hissi yordam beradi», dedi u.
Italiyada zavod va fabrikalar, qurilish hududlari ochildi, ammo maktablar, kinoteatrlar va yirik savdo markazlari noma'lum muddatgacha yopiqligicha qolmoqda.
Dushanba kuni Venetsiyada hozircha ishiga ruxsat berilmaganlar - kafelar, mehmonxonalar va boshqa bizneslar vakillari - norozilik bildirib fleshmob uyushtirishdi.
Ispaniya ham 26 martdan buyon Yevropadagi eng qat'iy karantin sharoitida yashayotgandi - dam olish kunlarida bu yerdagilarga ham uydan chiqishga ruxsat berildi. Ushbu mamlakat jami zararlanish holatlari soni bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda, o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSh va Italiyadan keyingi uchinchi o‘rinda.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
21:14 / 22.11.2024
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024