Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo AQShda koronavirus Uhandagi laboratoriyadan chiqqanining isboti borligini ma'lum qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashingtonda koronavirus Uhandagi laboratoriyadan chiqqanining isbotlari borligini ma'lum qildi. U Pekinni ma'lumotlarni yashirishda aybladi.
«Sizga aytishim mumkinki, u Uhandagi laboratoriyadan chiqqaniga ko‘plab isbotlar bor», deb aytgan Pompeo ABC telekanalidagi «This Week» dasturi efirida.
Avval Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimini egallagan Pompeo virusni yaratilgan, deb ta'kidlamagan. U AQSh milliy razvedkasining virus genetik o‘zgartirilmagani yoki inson tomonidan yaratilmagani haqidagi hisobotidan rozi ekanini aytgan. «Men razvedka nima deyayotganini ko‘rdim. Menda ular xato qilgan bo‘lishlari mumkin, deb hisoblashga asos yo‘q», deb ta'kidlab o‘tgan AQSh davlat kotibi. Shu bilan birga Pompeo virus ataylab chiqarilgan bo‘lishi mumkinligini bilishi-bilmasligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.
Avvalroq Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri 5 ta davlatning (AQSh, Avstraliya, Kanada, Britaniya va Yangi Zelandiya) “Besh ko‘z” razvedka ittifoqi hisobotiga tayanib, Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus avj olgani haqidagi ma'lumotlarni yashirgani va yo‘q qilib yuborganini ma'lum qilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirus haqidagi ma'lumotlarni ataylab yashirgani aniqlansa, buning uchun javob berishini aytgandi. Trampning ta'kidlashicha, virus tarqalishi Uhandagi laboratoriyadan boshlangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025