Jamiyat | 17:43 / 04.05.2020
90740
1 daqiqa o‘qiladi

Sardobada Milliy gvardiyaning ikki xodimini suv oqizib ketgan. Ulardan birining o‘limi tasdiqlangan

1 may kuni «Sardoba» suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgani tasdiqlangan. 

«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini ko‘rsatib,  o‘z xizmat burchiga so‘nggi nafasigacha sodiq qolgan serjant Suyarovning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», deyiladi rasmiy xabarda. 

Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid