Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda paxta yog‘i olib berishni va'da qilib fuqaroni 9000 dollarga «uxlatgan» shaxs qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan firibgarlik bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tuman IIO FMB Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Oqdaryo 1-berk ko‘chasida yashovchi M.M. angrenlik T.S.ga “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJdan tanishlari orqali 11 600 kg. paxta yog‘i mahsulotlari olib berishni va'da qilib, undan 9 000 AQSh dollari oladi. Biroq, u bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Firibgarlik qurboniga aylangan T.S. bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan vakolatli organga murojaat qiladi. Tuman ichki ishlar xodimlarining tezkor tadbirlari natijasida M.M. qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025