Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqdi
Oxirgi statistik ma'lumotlar Britaniyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari Yevropa davlatlari orasida eng yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
Foto: Getty Images
Britaniya milliy statistika idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan 32313 kishi vafot etgan. Bu esa Yevropada koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turgan Italiyaning ko‘rsatkichlaridan (29079 o‘lim) oshib ketgan.
Bu holat shuningdek Britaniya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘ringa chiqqanini anglatadi.
Biroq ta'kidlab o‘tish joiz, koronavirus bo‘yicha real vaqtda oxirgi ko‘rsatkichlar bilan tanishtiruvchi worldometers.info/coronavirus/ sahifasi ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya ayni vaqtda koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha (29,427 ta) dunyoda 4-o‘rinda turibdi.
Metro nashrining aniqlik kiritishicha, Britaniya milliy statistika idorasi mutaxassislari koronavirusdan nafaqat shifoxonalarda, balki ulardan tashqarida vafot etganlarni ham hisobga olishgan. Bunda, shuningdek, shifokorlar xulosasida vafot etgan bemorda virus borligi tasdiqlanmagan holda, unda faqatgina koronavirus borligi gumon qilingan holatlar ham hisobga olingan.
5 may kunidagi matbuot anjumanda Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniyada ayni vaqtda koronavirusga chalingani tasdiqlangan 29427 kishi vafot etganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
23:21 / 15.05.2025