Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportga yo‘naltirilgan yana 32 turdagi mahsulotlarning tashish xarajatlari uchun subsidiya beriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, tashish xarajatlari uchun subsidiya beriladigan mahsulot turlari hozirgi 52tadan 86tagacha ko‘paytirildi.
Bu ro‘yxatga 32 turdagi sabzavot va poliz mahsulotlari hamda ho‘l, muzlatilgan va konservalangan mevalar qo‘shildi.
Xabar qilinishicha, ushbu transport xarajatini subsidiyalash mexanizmidan 2 mingdan ziyod eksportyor korxonalar foydalanishi imkoniyati yaratilmoqda va bunga budjetdan 360 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kungi videoselektor yig‘ilishida bunday choralardan maqsad – korxonalar faoliyatini tez tiklash, eksport hajmini barqaror oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish uchun katta imkoniyat yaratish ekanini ta'kidlagan.
«Shu sababli barcha darajadagi rahbarlar doimiy ravishda har bir tuman va mahallada yangicha g‘oya hamda tashabbuslarni joriy etib, oddiy xalq yoki kambag‘alning hayotini yaxshilash, ularni band qilish va daromadini oshirish masalalari bilan ustuvor darajada shug‘ullanishi kerak», – deya davlat rahbarining so‘zlari keltirilgan rasmiy press-relizda.
Ma'lumot uchun, ushbu qaror 18 apreldan 3 mayga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025