Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat o‘tgan yil dekabrda yuz bergani ma'lum bo‘ldi
Shifokor Iv Koen dekabr-yanvar oylarida grippga o‘xshagan alomat bilan kasalxonaga murojaat qilgan bemorlarning tahlillarini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. U 14 kishining tahlilini tekshirgan, ulardan bittasida koronavirus aniqlangan.
Fransiyalik shifokor Iv Koen mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat 2019 yil dekabrda yuz berganini ma'lum qildi, deb xabar berdi "Bi-bi-si".
Bu endi aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, Parij yaqinida zotiljamdan davolangan bemordan 27 dekabrda olingan tahlil shu kunlarda koronavirusga tekshirildi va test natijasi musbat chiqdi.
50 yoshli bu bemor allaqachon sog‘aygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganini xayoliga ham keltirmagan, chunki epidemiologik noxush vaziyat hukm surgan mamlakatlarga bormagan.
Ilgari Fransiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki uchta holat 24 yanvarda qayd etilgan deb hisoblanib kelinayotgandi. Ulardan ikki nafari Xitoyning Uhan shahridan kelganlar, uchinchisi esa ularning oila a'zosi bo‘lgan.
Iv Koenning aytishicha, u dekabr-yanvar oylarida grippga o‘xshagan alomat bilan kasalxonaga murojaat qilgan bemorlarning tahlillarini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. U 14 kishining tahlilini tekshirgan, ulardan bittasida koronavirus aniqlangan.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 169,5 mingdan oshgan, 25,2 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025