Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havaskorlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha birinchi onlayn O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida sport ixlosmandlari uchun yana bir onlayn musobaqa tashkil etmoqda.
Joriy yilning 11 mayidan 20 mayiga qadar havaskorlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha «Uyda qol va g‘alaba qozon!» shiori ostida birinchi onlayn O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan. Onlayn musobaqa g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Turnirda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin. Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan havaskorlar www.chess.com saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Birinchi onlayn chempionatda jami 10 ta turnir o‘tkaziladi va har bir tur bo‘yicha g‘olib – 10 nafar chempion aniqlanadi.
G‘oliblar bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li orqali taqdirlanadi.
Shuningdek, g‘oliblar havaskor shaxmat bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati g‘olibi diplomi bilan taqdirlanadi.
O‘yinlar 10 kun davomida – 11 maydan 20 mayga qadar Toshkent vaqti bilan 20:30da o‘tkaziladi. G‘olib ikki marta qatnashish huquqiga ega emas.
Turnirdan ko‘zlangan maqsad – aholining bo‘sh vaqtini mazmunli va sifatli o‘tkazish, karantin davrida sport hamda ko‘ngilochar strategiyalarni targ‘ib qilish, shuningdek, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirish.
O‘yinlar va qiziqarli sharhlarni Espors Uzbekistan federatsiyasining Youtubeʼdagi rasmiy kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi rasmiy saytlar orqali olishingiz mumkin:
www.minsport.uz
www.espors.uz
www.sportluxury.uz
Karantin davrini uyda qolib, sport bilan mazmunli o‘tkazing. Onlayn musobaqada ishtirok eting hamda g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025