Jahon | 07:53 / 05.05.2020
4531
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy pandemiyaga qarshi kurashish guruhlari a'zolariga kongressga ko‘rsatmalar berishni taqiqlab qo‘ydi - OAV

Oq uy AQShda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus guruhi a'zolariga kongressga ko‘rsatmalar berishni taqiqladi. 

Foto: Getty Images

Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.

Ushbu taqiqlov may oyi davomida amal qiladi. Bundan tashqari, Oq uy ma'muriyati pandemiyaga qarshi kurashayotgan barcha idoralar xodimlariga ham pandemiya bo‘yicha kongressdagi jarayonlarda qatnashmaslikni tavsiya qilgan. “Biz idoralarga bu misli ko‘rilmagan vaziyatda barcha kuchimizni koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlashimiz kerakligini aytmoqdamiz. Bu bosqichda haqiqatan ham barcha o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i va koronavirusga qarshi qaratilgan ishga ustuvorlik berishi lozim”, deb aytgan nashrga Oq uy ma'muriyatining yuqori martabali vakili.

Avvalroq The Hill Oq uy AQShning allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori, koronavirusga qarshi kurashish guruhiga kiruvchi Entoni Fauchiga kongressga ko‘rsatmalar berishni taqiqlab qo‘yganini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid