Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni o‘zgarishsiz qoldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi 11 soatda koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari qayd etilmagani haqida xabar berdi.
«2020 yil 4 may soat 23:00dan bugun, 5 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, ya'ni o‘tgan 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafarni tashkil qilib, sog‘ayganlar esa 1405 nafarga yetdi. Vafot etganlardan tashqari, hozirda 774 nafar bemor davolanmoqda.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda qatorasiga so‘nggi 14 kun davomida COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashgan», deyiladi vazirlik xabarida.
4 may kuni 40 kishida kasallik aniqlandi va 86 kishi sog‘aydi.
Ayni vaqtgacha jami 1405 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 774 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov shifoxonalarda qolayotgan bemorlarning ahvoli bo‘yicha ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, 10 bemorning ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
4 may kuni 10,5 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazilgan, shu vaqtgacha jami 335 ming kishi test qilingan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021