Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi. Mamlakatda virus yuqtirganlar soni 300ga yaqinlashgan
Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda lavozimidan ozod etildi. Endi uning vazifasini «Istiqlol» klinikasi direktori Jamoliddin Abdullazoda bajarib turadi.
Nasim Olimzoda / Foto: president.tj
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Nasim Olimzoda Xo‘ja o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlikda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilish chog‘ida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda ma'lum qilgan.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon vazirni iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan.
Endi vazirlikka «Istiqlol» klinikasi direktori Jamoliddin Abdullazoda vaqtinchalik rahbar etib tayinlangan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bugun Tojikistonda yana 63 kishida virus aniqlangan va jami zararlanish holatlari soni 293taga yetdi.
Shuningdek, o‘tgan bir kun davomida yana ikki kishi koronavirusdan vafot etdi va jami o‘lim holatlari soni beshtaga yetdi.
4 may kuni Tojikistonda birato‘la 102 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lponboyev lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024