Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqida koronavirusga qarshi kurashga 3 soat ichida 7,4 mlrd yevro yig‘ildi
4 may kuni “Koronavirusga global javob” xalqaro homiylik onlayn-anjumanini tashkillashtirgan Yevrokomissiya koronavirusga qarshi kurash uchun 3 soat ichida 7,4 mlrd yevro yig‘a oldi.
Bu haqda Yevrokomissiya rhbari Ursula fon der Lyayyen anjumanning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.
“Bu ajoyib start. Biz bugunning o‘zida 7,4 mlrd yevro yig‘a oldik. Biroq bizga ancha ko‘proq mablag‘ talab etiladi. Biz bugun muhim signalni yo‘lladik: dunyo koronavirusga qarshi birlashdi va uni yengadi”, deb aytgan fon der Lyayyen.
Anjumanni o‘tkazish tashabbusini 15 aprelda fon der Lyayyen bildirgandi. U koronavirusdan vaksina, dori vositalari va tashxislash tizimlari ishlab chiqilishi bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni moliyalashtirishning dastlabki bosqichida 7,5 mlrd yevro talab etilishini aytgandi.
Anjuman ochilishida ishtirok etgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish pandemiyani to‘xtatish va dori vositalari ishlab chiqish uchun 5 marta ko‘proq mablag‘ talab etilishini aytgan.
Ta'kidlanishicha, mablag‘ yig‘ish 23 maygacha davom etadi. Ayni vaqtda Yevropa ittifoqi eng katta ulush - bir mlrd yevro ajratdi.
Mablag‘lar davlatlar qatorida biznes vakillari, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ajratilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:25 / 03.05.2023