Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alimentchi ota farzandlariga uy hadya qildi
Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 24.01.2019 yildagi ijro hujjati asosan qarzdor S.A dan undiruvchi N.D. ga 4 ta farzandining ta'minoti uchun ish haqi va boshqa doramadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib mazkur ijro hujjati kelib tushgan kundan buyon muntazam ravishda undirib kelinmoqda.
Qarzdor ota tomonidan 4 nafar farzandiga atalgan aliment mablag‘larini to‘lashda mas'uliyat bilan yondashilib oyma-oy muntazam ravishda hech bir kechiktiruvlarsiz to‘liq to‘lab kelgan.
Shunga qaramasdan, alimentchi ota Respublikamiz bo‘ylab karantin vaqtida Byuroning Nukus tuman bo‘limiga farzandlarining nomiga uyini rasmiylashtirib bermoqchiligini bildirib murojaat qiladi.
Natijada Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi va sobiq turmush o‘rtoqlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qarzdor S.A. tomonidan 4 nafar farzandining balog‘atga yetgunga qadar aliment qarzdorligi evaziga tuman hududidagi namunali tipdagi uyini sobiq turmush o‘rtog‘i N.D. ning nomiga rasmiylashtirib berdi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan tomomlandi.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
16:17 / 02.11.2024