O‘zbekiston | 22:00 / 06.05.2020
188513
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma'lum qilindi

Toshkent shahri karantin bo‘yicha yangi tartibga ko‘ra ikkinchi toifadagi - «sariq» hudud hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborotida ma'lum qilingan.

O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Unga ko‘ra, birinchi – «qizil» toifadagi hudud – so‘nggi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari. Bunda «qizil» hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

«Qizil» hududlarda qaysi faoliyat turlariga ruxsat berilishi ma'lum qilindi

Ikkinchi – «sariq» toifadagi hudud – so‘nggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud bo‘lgan hududlar - Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri. «Sariq» hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

Taksi, sartaroshxona va savdo majmualari. «Sariq» hududlarda ishlashga ruxsat berilgan sohalar uchun shartlar belgilandi

Uchinchi – «yashil» toifadagi hudud – koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar - Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari.

«Yashil» hududlarda istirohat bog‘lari ham ochiladi. Barcha hududlarda niqob taqish majburiyligicha qoladi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid