Boltiq davlatlari o‘zaro chegaralarni ochishga kelishib oldi
Boltiq davlatlari - Latviya, Estoniya va Litva bosh vazirlari Krishyanis Karinsh, Yuri Ratas va Saulyus Skvernelis koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan o‘zaro ichki chegaralarni 15 maydan ochishga kelishib oldi.

Foto: GLOBAL LOOK PRESS
Bu haqda Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh ma'lum qildi.
“Bugun Litva va Estoniya bosh vazirlari bilan videoaloqa vaqtida chegaralarni ochishga kelishib oldik. Boltiq davlatlari aholisi davlatlar orasida bemalol harakatlanishlari mumkin bo‘ladi”, deb yozgan Karinsh tvitterda. Uning ta'kidlashicha, boshqa davlatlardan keluvchi fuqarolar 14 kun davomida o‘zlarini izolyatsiyalashlari kerak bo‘ladi.
Yevropada o‘z fuqarolari uchun birinchi bo‘lib chegaralarini Chexiya ochdi. Chexlarga 24 apreldan xorijga chiqishga ruxsat berilgan. Biroq ular xorijdan qaytgach, o‘zlarida koronavirus yo‘qligi haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim qilishlari yoki 2 haftalik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi

15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

11:42 / 07.05.2025