Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotganlar koronavirusdan qanchalik himoyalangani o‘rganiladi
Asosiy maqsad u yerdagi insonlar xavfsizligining ta'minlanishini o‘rganish hamda koronavirus pandemiyasi sharoitida yaratilgan sharoitlar, himoyalanish choralari bilan tanishish hisoblanadi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorlikda joriy yilning 11 mayidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida jamoatchilik monitoringi tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, asosiy maqsad u yerdagi insonlar xavfsizligining ta'minlanishini o‘rganish hamda koronavirus pandemiyasi sharoitida yaratilgan sharoitlar, himoyalanish choralari bilan tanishish hisoblanadi.
Ombudsman o‘z faoliyati doirasida shunday muassasalarni doimiy ravishda monitoring qilib boradi. Shu munosabat bilan, kuni kecha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ombudsmanga koronavirus pandemiyasi davrida foydalanish uchun mo‘ljallangan shaxsiy himoya vositalari topshirildi.
Ushbu himoya vositalari monitoring guruhi a'zolariga jazoni ijro etish muassasalariga tashrif davomida foydalanish uchun taqdim etiladi. Bu ham xodimlar, ham o‘sha joylardagi insonlarga virus yuqishining oldini oladi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi
19:05 / 06.07.2021