Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida dunyoda hammadan ko‘p mablag‘idan ayrilgan inson nomi ma'lum qilindi
Mart oyida jahondagi eng badavlat 20 kishining boyligi jami 300 milliard dollarga kamaygandi.
Fransiyaning Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyasi rahbari Bernar Arno 30 milliard dollardan ortiq mablag‘idan ayrildi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index ma'lum qildi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, bu inqiroz davrida bir inson yo‘qotgan eng katta mablag‘dir.
Koronavirus pandemiyasi sababli Arnoga tegishli butun dunyodagi do‘konlar bir oydan ortiqroq vaqtga yopildi, deb yozadi Bloomberg agentligi. LVMH aksiyalari narxi 19 foizga tushib ketdi.
Kompaniyaning moliyaviy direktori Jan-Jak Gionining aytishicha, Arno biznesining kelajagi savdoning uchdan bir qismidan ortig‘i to‘g‘ri keladigan Xitoy bozoriga bog‘liq.
Mart oyida jahondagi eng badavlat 20 kishining boyligi jami 300 milliard dollarga kamaygandi. Forbes nashrining yozishicha, hammadan ko‘p mablag‘ni aynan Arno yo‘qotgan.
U hozirda Forbes ro‘yxatida 90 milliard dollar boyligi bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. Birinchi o‘rinda Amazon rahbari Jyeff Bezos (141,8 mlrd dollar) va Microsoft asoschisi Bill Geyts (105,7 mlrd dollar) turibdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
00:27 / 12.10.2024
Britaniyada dunyodagi eng badavlat insonlardan birining pochta manzili tasodifan e’lon qilib yuborildi
22:40 / 29.12.2023