Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo-sanoat palatasi Sirdaryoga ish qurollari va hunarmandchilik buyumlarini jo‘natdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi navbatdagi xayriya yuklarini Sirdaryoga yubordi.
Palata matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, hunarmandlar yasagan uy-ro‘zg‘or buyumlari va ish qurollari Savdo-sanoat palatasi tomonidan sotib olinib, "Sardoba" suv omboridagi ofatdan talafot ko‘rgan oilalarga topshiriladi.
«Bu orqali karantin davrida uy sharoitida ish olib borayotgan va iqtisodiy jihatdan murakkab ahvolga tushib qolgan hunarmandlar ham qo‘llab-quvvatlandi.

Xayriya yuklari talafot maydonlarini tozalash va qayta tiklash uchun ish qurollari hamda uy ro‘zg‘or buyumlaridan iborat bo‘ldi.
Jumladan, bu vositalar jami 120 mln so‘mlik 2000 ta ketmon, 1000 ta kurak, 2000 ta chelak, 2000 ta tesha hamda 1000 ta choynak, 4000 ta piyola, 1000 ta kosa, 2000 ta tog‘orani tashkil qiladi», – deyiladi xabarda.


Mavzuga oid
22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin
16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
17:30 / 27.11.2024