Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yadroviy ballistik raketalar uchun «gigant» baza qurmoqda - OAV
Britaniyaning The Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada yadro zaryadi tashuvchi ballistik raketalarni yig‘ish va saqlash uchun «gigant» baza qurilmoqda.
Nashr bunda AQShning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassislari o‘tkazgan sun'iy yo‘ldosh suratlari tahliliga tayangan.
Ma'lum qilinishicha, yer usti va yer osti inshootlari majmuasi Pxenyan atrofidagi hududda, aeroport yaqinida joylashgan. Mutaxassislar suratlarni tahlil qilib, inshootlar AQSh sohillariga yadro zaryadini yetkaza oluvchi “Xvason-15” ballistik raketalarini saqlash uchun yetarlicha yirik ekanligi haqidagi xulosaga kelishgan.
“Hozircha bu markazdan maqsad nimaligi noma'lumligicha qolmoqda, inshootlar konfiguratsiyasi va o‘lchamlari u temir yo‘l orqali yetkaziluvchi komponentlardan ballistik raketalar yig‘ish uchun qo‘llanishi mumkinligiga ishora qilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tilgan markazda. Vashingtonda joylashgan markaz mutaxassislarining ta'kidlashicha, obekt qurilishi xarakteriga ko‘ra, u joriy yil oxirigacha yoki keyingi yil boshigacha qurib bitkazilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025