Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda oziq-ovqat taqsimlanishi ortidan kelib chiqqan noroziliklar vaqtida yetti kishi halok bo‘ldi
Mamlakat hukumati pandemiya sababli muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Afg‘onistonning G‘o‘r viloyatida sodir bo‘lgan mojaro oqibatida to‘rt fuqaro, ikki nafar politsiyachi va bir jurnalist halok bo‘ldi. TOLOnews telekanalining xabar qilishicha, mojaro fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlari taqsimlanishida adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda deb hisoblashi ortidan kelib chiqqan.
Telekanalning ma'lumot berishicha, yana 10 politsiyachi va to‘qqiz nafar tinch aholi vakillari jarohatlangan.
Reuters agentligining xabariga ko‘ra, 300ga yaqin kishi norozilik namoyishi o‘tkazgan, ayrimlar gubernator qarorgohiga kirishga uringan. Hokimiyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar o‘t ochishi boshlaganidan so‘ng politsiya ularga qarata o‘q uzgan.
Mamlakat hukumati pandemiya sababli muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 mingdan oshgan, 115 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025