O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi
Assotsiatsiya mamlakatda inklyuziv turizmni rivojlantirishga hamda bu borada xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish yo‘lida xizmat qiladi.
Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazish;
imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek nogironligi bo‘lgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish.
Bildirilishicha, O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi mamlakatda inklyuziv turizmni rivojlantirishga hamda bu borada xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish yo‘lida xizmat qiladi.
Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib Izzatilla Xo‘jayev tayinlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Assotsiatsiya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa'y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklanganlar uchun “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati tashkil etiladi hamda ularning diqqatga sazovor maskanlarda sayohat qilish imkoniyatlarini baholash ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024