Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Formula-1»ning yangi mavsumi Avstriyada iyulda boshlanadi - OAV
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasining yangi mavsumini 5 iyulda Avstriyada boshlanishi variantini ma'qulladi.
Bu haqda The Judge 13 portali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Avstriya poyganing birvarakayiga ikkita bosqichini qabul qiladi: birinchi bosqich 5 iyulda, ikkinchisi 8 yoki 9 iyulda o‘tadi. Shundan keyin Britaniyada 19 va 23 iyulda yana ikkita bosqich bo‘lib o‘tadi. Bosqichlar tomoshabinlarsiz o‘tadi, avtodromga faqat poygani efirga uzatuvchi televizon brigadalar qo‘yiladi.
“Har bir jamoa alohida mehmonxonada joylashtiriladi”, deyilgan xabarda.
Koronavirus pandemiyasi sababli “Formula-1” taqvimi jiddiy o‘zgarishlarga uchragandi. Avvalroq Avstraliya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar bekor qilingandi hamda Bahrayn, Vetnam, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Ispaniya, Ozarboyjondagi bosqichlar noma'lum muddatga ko‘chirilgandi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025