Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada favqulodda sanitariya holati 10 iyulgacha uzaytirildi
Fransiya OAVning xabar qilishicha, mamlakat epidemiologik xaritasida xavfsiz, “yashil hudud”ga kiritilgan Dordon departamentida koronavirusning yangi o‘chog‘i topilgan.
Fransiya parlamenti koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda sanitariya holatini 10 iyulgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Avvalroq qonun loyihasi Fransiya senati tomonidan ma'qullangandi.
Ilgari qabul qilingan favqulodda sanitariya holati to‘g‘risidagi qonun 24 martdan kuchga kirgan va rejim 24 maygacha joriy etilgandi.
Fransiya OAVning xabar qilishicha, mamlakat epidemiologik xaritasida xavfsiz, “yashil hudud”ga kiritilgan Dordon departamentida koronavirusning yangi o‘chog‘i topilgan.
Yangi Akvitaniya regioni sog‘liqni saqlash agentligining ma'lum qilishicha, Egliz-Nev-de-Ver qishlog‘idagi motam marosimidan so‘ng bir necha o‘n kishi marhumni xotirlash uchun to‘plangan. Marhumning oila a'zolaridan biri kasallikni boshqalarga yuqtirgan.
Tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lgan 127 kishi aniqlangan va ularning o‘nga yaqinida koronavirus tasdiqlangan. Ular bemorning qarindoshlari va hamkasblari bo‘lib, barchasi nazoratga olingan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 139 mingga yaqinlashgan, 56 mingdan ortiq kishi sog‘aygan, 26,3 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025