Jahon | 08:12 / 10.05.2020
35531
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusning eng xavfli jihati ma'lum qilindi 

Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi.

Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma'lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali.

Professorning ta'kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur.

Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi.

Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi.  

Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim.

O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi.

Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma'lum qilishgandi. Ularning ta'kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Mavzuga oid