Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2486taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2486 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
21 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi.
10 may kuni bu tendensiya buzilib, jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzalgandi.
Bugun esa 68ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 107 kishi tuzaldi.
Ayni vaqtgacha jami 1988 kishi tuzalgan, 488 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021