Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Salomatlik» ordeni va «Sog‘lom turmush» medali ta'sis etiladi
“Salomatlik” ordeni hamda “Sog‘lom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Salomatlik” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom turmush” medalini ta'sis etish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama etildi.
“Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat bo‘lib, I darajali “Salomatlik” ordeni bilan tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shganlar taqdirlanadi. II darajali orden bilan esa aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va bartaraf etishda faol ishtirok etgan shaxslar mukofotlanadi.
Shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va badantarbiyani kundalik turmush tarziga aylantirib, jamoatchilikka shaxsiy namuna bo‘layotgan hamyurtlarimiz xizmatlari e'tirof etish maqsadida “Sog‘lom turmush” medali ta'sis etilmoqda.
“Salomatlik” ordeni hamda “Sog‘lom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Mazkur qonunlar senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025