O‘zbekiston | 19:02 / 11.05.2020
59558
1 daqiqa o‘qiladi

Zarafshon shahri «qizil» toifaga o‘tkazildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, «cariq» toifadagi Zarafshon shahri «qizil» hudud etib belgilandi. 9 va 11 may kunlari shaharda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgan.

Foto: Zarafshon shahar hokimligi

Ma'lum qilinishicha, Zarafshon shahri «qizil» toifaga kiritilgan bo‘lsa-da,  Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasi o‘zgarmay qoladi.

«Qizil» toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat barqarorlashgunga qadar, kamida 14 kun saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida ilk marta ikkita holat mart oyi oxirida aniqlangan edi. Bemorlardan biri 25 aprelda, ikkinchisi 4 may kuni sog‘ayib chiqqan va shu tariqa Navoiy koronavirusdan xoli hududga aylangan edi.

9 may kuni esa viloyatda 6 kishi Covid-19`ga chalingani ma'lum bo‘ldi.

Bugun, 11 may kuni O‘zbekistonda 64 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgani xabar qilingan. Ulardan necha nafari Zarafshon shahrida aniqlangani ma'lum emas.

Mavzuga oid