Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada aka-ukaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular firibgarlikda gumonlanmoqda
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 6 may kuni Q.A. ukasi Q.D. bilan til biriktirib, tanishi U.M.ga Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Yangihayot ko‘chasida joylashgan 15 sotix yer maydonini nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular U.M.dan 1100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025