Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Sardobadagi to‘g‘on o‘pirilishidan oldingi va keyingi holat tasvirlangan fotosuratlarni e'lon qildi
Sardoba suv ombori to‘g‘onining g‘arbiy devori joriy yilning 1 may kuni o‘pirildi. Landsat 8’dagi Operativ yer usti skaneri (OLI) yordamida 2020 yil 8 may kuni olingan suratlar suv oqimi O‘zbekiston va Qozog‘istonning aynan qayerida to‘planganini ko‘rsatdi. NASA taqqoslash uchun 22 aprel kuni, ya'ni to‘g‘on o‘pirilishidan oldin xuddi shu hududdan olingan fotosuratni ham e'lon qildi.
Sirdaryo viloyatida joylashgan suv omborining qurilishi 2017 yilda yakunlandi. U mintaqadagi sug‘orish ishlari uchun 920 million kub metrdan ortiq suv sig‘imiga mo‘ljallangandi.
8 may kungi fotosuratda to‘g‘on o‘pirilgan joy, shuningdek, qisman bo‘shab qolgan suv omborini ko‘rish mumkin. Sun'iy yo‘ldosh orqali tasvir olingan paytda suv vayron bo‘lgan to‘g‘on qismidan o‘tmayotganini, lekin kuchli suv oqimlari atrofdagi hududning aynan qayerida to‘planganini ko‘rish mumkin. Suvning bir qismi kanallar bo‘ylab to‘g‘onning shimolidan o‘tib ketgan, so‘ng sharq tomonga oqib o‘tgan.
Ammo suvning hammasi ham kanallardan oqib ketmagan. Sheffild universiteti xodimi Devid Petlining o‘z blogida yozishicha, suv chiqqanida o‘z yo‘lidagi dala va qishloqlarga zarar yetkazib, juda katta maydonni egallagan. Suratlarda o‘simliklar va suv toshqini o‘rtasidagi farq ayniqsa ranglarda yaqqol ko‘rinadi.
Omborning shimolidan oqib o‘tgan suv oxir-oqibat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini qamrab olgan katta hududda birlashdi. Fazodan olingan ikkinchi batafsil tasvir O‘zbekistonda birlashgan suvning janubiy qismini ko‘rsatadi.
Avval xabar qilinganidek, har ikki mamlakatning qishloqlaridan o‘n minglab aholi evakuatsiya qilindi. Suv toshqini tufayli uylarni suv bosdi va qishloq xo‘jaligidagi muhim infratuzilma vayron bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025