Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2100ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston, Samarqand Buxoro va Xorazmda 30 kishi koronavirusdan tuzalgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar soni 110 nafarga yetgan, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafar kishiga javob berilgan.
Samarqand viloyatida shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi, bir bemor vafot etdi. Ayni paytda viloyatda 100 nafar bemor davolanmoqda.
Bundan avvalroq Farg‘onada 6 nafar bemor tuzalib, viloyatda koronavirusga chalingan bir bemor qolgani xabar qilingandi.
Bugun kun davomida 36 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2076 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021