Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2600dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 nafarni tashkil qilmoqda. 16 nafar yangi kasallanish holatlarining 11 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 5 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.
So‘nggi ikki kunda yangi kasallanish holatlari soni tuzalganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda. 12 may kuni jami 61ta yangi holat aniqlandi va 52 bemor tuzalgandi.
Bugun 65ta yangi holat aniqlanib, 36 bemor tuzaldi, bir bemor vafot etdi.
Shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2076 nafarni tashkil etmoqda, 11 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 525 nafar bemor davolanmoqda va ularning 12 nafari og‘ir ahvolda.
«Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021